FAQ
Festivalda ishtirok etish uchun kimlar ariza bera oladilar?
Tanlovda ishtirok etish festivalning maxsus — www.if.uz saytiga taqdim etilgan qayd etish shakli bo‘yicha ariza bergan sayt egalari nomini qayd etish hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan amalga oshiriladi.
Men www.if.uz saytidagi ariza shaklini to‘ldirdim, biroq mening saytim tanlov ishtirokchilari orasida e’lon qilinmadi. Nima qilish kerak?
Ariza shaklini to‘ldirilgandan so‘ng festivalning maxsus www.if.uz saytida e’lon qilinadi, arizalar tashkiliy qo‘mitaning ishchi guruhi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Saytni qayd etish qarori uch ish kuni mobaynidan e’lon qilinadi. Agar shu muddat ichida arizangiz e’lon qilinmasa, if@infocom.uz. manziliga murojaat qilishingiz mumkin.
Ishchi guruhi fikriga ko‘ra, arizachi qayd etish shaklida xatoga (sayt nomini yozishda, nominasiyani belgilashda, URL va boshqalarni ko‘rsatishda) noaniqlikka yo‘l qo‘ygan taqdirda, ishchi guruh tomonidan tuzatish kiritilib, arizachiga ma’lum qilinadi. Arizachi ishchi guruh qaroriga e’tiroz bildirishga haqli.
Tanlovda ishtirok etish uchun sayti qabul qilinmaganlarga bu haqda o‘z vaqtida xabar beriladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etmoqchi bo‘lgan saytim domen nomi .com zonasida qayd etilgan, biroq men saytdan, Milliy «.UZ» domenida redirekt qilishim mumkin. Saytim tanlovda ishtirok eta oladimi?
Yo‘q. Tanlovda «.UZ»domenida qayd etilgan, festival o‘tkazilishi davrida amal qilib turgan saytlar ishtirok eta oladilar. Redirektlar ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Saytim bir yil avval yaratilgan. Tanlovning maxsus «Festivalning ochilishi» nominasiyasiga ariza bera olamanmi?
Yo‘q. Mazkur nominasiyada 2010-yil 20-sentabrdan keyin yaratilgan saytlar (o‘tgan yilgi festival yakunlangan sana), mavzu yo‘nalishidan qat’iy nazar, ishtirok etishi mumkin.
Men tanlovga ariza beruvchiman. Festivalda mazkur sayt g‘olib bo‘lgan taqdirda kim sovringa ega bo‘ladi?
Tanlovga barcha xohlaganlar ariza berishi mumkin, biroq festival sovrini va diplomini faqat sayt egasi yoki uning vakiliga beriladi.
Mening saytim sport yangiliklariga bag‘ishlangan. O‘z saytimni ikki mavzuli: «OAV eng yaxshi sayti» va «Jismoniy tarbiya va sport sohasida eng yaxshi sayt» nominasiyalariga taqdim etishim mumkinmi?
Yo‘q. Sayt faqat bir mavzuli nominasiyada e’lon qilinishi mumkin. Ariza beruvchi nominasiyani o‘zi tanlaydi. Biroq agar sayt maxsus «Festivalning ochilishi» nominasiyasiga mos kelsa va 2010 yil 25 sentabrdan keyin yaratilgan bo‘lsa, unda u bir vaqtning o‘zida ham mavzuli, ham maxsus nominasiyada ishtirok etishi mumkin.
Men shoshilib, o‘z saytimni nominasiya nomini noto‘g‘ri tanlab jo‘natibman. Ro‘yxatdan o‘tgandan va saytim joylashtirilgandan so‘ng nominasiyani o‘zgartirish mumkinmi?
Ha, mumkin, biroq 10–sentabrdan kechikmaslik shart. Buning uchun nominasiyani o‘zgartirishingiz sababini batafsil bayon etgan holda tashkiliy qo‘mitaning if@infocom.uz manziliga xat yuborishingiz lozim.
Men sayt egasiman, biroq kimdir saytimni ro‘yxatga kiritibdi. Bundan tashqari, nazarimda nominasiya va resurs nomini noto‘g‘ri ko‘rsatibdi. O‘z saytda nominasiya va resurs nomini o‘zgartirib bera olamanmi?
Ha. Sayt egasi o‘z sayti bilan ishtirok etmoqchi bo‘lgan nominasiyasi nomini o‘zgartirib berishga haqli. Buning uchun if@infocom.uz manziliga nominasiyani o‘zgartirish haqidagi iltimos bilan xat yozish lozim.













Sayt yaratish —