Nominatsiyalar

Yoshlar uchun eng yaxshi sayt

95 nominantlar Ushbu nominatsiyada yoshlar uchun mo'ljallangan saytlar, maktablar, kollejlar, litseylar va OTM'lar, yoshlar tashkilotlari va birlashmalari saytlari ishtirok etadi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasidagi eng yaxshi sayt

34 nominantlar Mazkur nominatsiyada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash yoki biznes-jarayonlarni tashkil etish maqsadida yaratilgan eng yaxshi sayt aniqlanadi.

Fan va ta'lim sohasida eng yaxshi sayt

80 nominantlar Fan va ta’limga bag‘shlangan, fan hamda ilmiy izlanishlarni targ‘ib etuvchi, shuningdek, turli o‘quv fanlari bo‘yicha resursga ega saytlar ishtirok etadi. Akademik institutlar (jumladan, O‘zbekiston fanlar akademiyasi), shuningdek, oily va o‘rta ta’lim muassasalari, turli ilmiy muassasalar, ilmiy jamiyatlar, kutubxona, maktab va ta’lim muassasalari resurslari saytlari baholanadi.

OAV eng yaxshi sayti

53 nominantlar Ushbu nominatsiyada o'zining bosma (yoki "efir") versiyalariga ega bo'lmagan yangiliklar, axborot va boshqa davriy resurslar hamda gazetalar, jurnallar, radiostantsiyalar, televizion kompaniyalar va boshqa OAV saytlari ishtirok etadi.

Davlat boshqaruvi eng yaxshi sayti

55 nominantlar Ushbu nominatsiyada Oliy Majlis, Oliy Majlis Senati, vazirliklar, idoralar, hokimiyatlar, davlat o'zini o'zi boshqarish organlari va boshqa saytlar ishtirok etadi.

Madaniyat va san'at sohasida eng yaxshi sayt

36 nominantlar Ushbu nominatsiyada madaniyatga va san'atga (musiqa, tasviriy san'at, teatr, kino, adabiyot, fotosuratlar va boshqalar) bag'ishlangan resurslar ishtirok etadi.

Turizm va sayyohlik sohasida eng yaxshi sayt

31 nominant Ushbu nominatsiyada turizm va sayyohlik bilan bog‘liq resurslar ishtirok etadi (OAV saytlari, sayohatchilik va turizm, dam olish zonalari haqidagi saytlar, turistik firmalar mehmonxona majmualari saytlari, o‘lkashunoslik va tarixiy diqqatga sazovor joylarni yorituvchi va turizm hamda sayyohlik sohasidagi axborotlar).

Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi eng yaxshi sayt

37 nominantlar Ushbu nominatsiyada sport tashkilotlari, milliy olimpiya qo‘mitasi resurslari, rasmiy va norasmiy klublar saytlari, sport OAV saytlari, sport musobaqalari saytlari, sport haqidagi yangiliklar resurslari ishtirok etadilar.

Tibbiyot va sog‘liqni saqlash sohasidagi eng yaxshi sayt

33 nominantlar Mazkur nominatsiyaga tibbiyot muassasalari saytlari, tibbiyot mahsulotlari va xizmatlariga bag‘ishlangan resurslar hamda tibbiyot ensiklopediyalari va sog‘liqni saqlash mavzusidagi umumta'lim saytlari kiradi.

Tarmoq servislari sohasidagi eng yaxshi sayt

93 nominantlar Ushbu nominatsiyadai hosting, elektron-pochta va izlash xizmatlarini, mahsulotlar va xizmatlar kataloglari hamda Internet tarmog‘ida taqdim etiladigan boshqa xizmatlarni ko‘rsatuvchi kompaniyalar resurslari baholanadi.

Eng yaxshi korporativ sayt

69 nominantlar Ushbu nominatsiyada aniq bir korxona yoki tashkilotning biznes-jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash yoki tashkil qilish maqsadida yaratilgan eng yaxshi sayt aniqlanadi.

Eng yaxshi mintaqaviy-o‘lkashunoslik sayti

23 nominantlar Ushbu nominatsiyaga O‘zbekiston Respublikasi mintaqalari tarixi, geografiyasi, turmushi va hunarmandchiligi haqida hikoya qiluvchi saytlar kiradi.

Eng yaxshi shaxsiy sahifa

49 nominantlar Foydalanuvchining o‘zi va o‘z qiziqishlari haqida yaratilgan saytlar, bloglar hamda boshqa insonlarga bag‘ishlangan resurslar (misol uchun, mashhur insonlar muxlislari saytlari) hamda buyurma bo‘yicha xususiy shaxslar uchun bajarilgan personal saytlar.

    Festivalning ochilishi

    182 nominantlar Ushbu nominatsiyada mavzuli yo‘nalishidan qan'iy nazar, 2010-yil 20-sentabr kunidan boshlab yaratilgan saytlar (o‘tgan festival yakunlanishidan oldin) ishtirok etadi.